Dream Chaser noyabr oyida Kolorado shtatining Luisvill shahrida Sierra Space kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va keyin NASAning Ogayo shtati Sandaski shahridagi Nil Armstrong sinov poligoniga jo'natilgan. Bu yerda u fazoviy kemalarni sinovdan o'tkazish uchun dunyodagi eng kuchli tebranish tizimi – Mechanical Vibration Facility (MVF) da sinovdan o'tkazildi.

Keyingi bosqichda Dream Chaser yer osti vakuum kamerasiga joylashtiriladi, u yerda o'ta past va yuqori harorat, shuningdek, atrof-muhitning past bosimiga bardoshliligi sinovdan o'tkaziladi.

Tashqi tomondan koinot samolyoti 2011-yilda foydalanish to'xtatilgan NASAning qayta foydalanish mumkin bo'lgan shatllarini eslatadi. Biroq, u ancha kichikroq, modernizatsiya qilingan harakatlantiruvchi tizimga ega va 15 marta uchirish uchun mo'ljallangan. Birinchi parvoz 2024-yilda Xalqaro koinot stansiyasiga amalga oshirilishi kutilmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.