Shu yilning 19-fevral kuni taxminan, soat 22:30 da Fargʻona viloyati Oxunboboyev va Margʻilon bekatlari oraligʻida “Nexia 3” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi yoʻl harakati qoidalarini buzib, harakatlanib kelayotgan poyezdni “ilon izi“ usulida aylanib oʻtishga urinishi oqibatida YTH sodir etgan.
Hodisa sodir boʻlgan joyga transportda xavfsizlikni taʼminlash xizmati xodimlari va temir yoʻl mutaxassislari yetib borgan va voqea tafsilotlarini koʻzdan kechirgan.
YTH oqibatida “Nexia 3” rusumli avto transport vositasi haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan boʻlib, hozirda uning ahvoli aniqlanmoqda.
Hozircha hodisaning batafsil tafsilotlari oʻrganib chiqilmoqda, — deyiladi xabarda.