Oldinroq bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev DTM test sinovida qatnashadigan nazoratchilar bodi-kameralar bilan taʼminlanishi kerakligi haqida oʻzining taklifini bildirgandi.
“Biz albatta bu boʻyicha Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritamiz. Test sinovlarining shaffof oʻtishi, keyinchalik imtihon jarayonlariga taalluqli biror muammoni muhokama qilishga toʻgʻri kelib qolsa, asos va isbotlar kerak boʻlishi nuqtayi nazaridan, buni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, — deydi Davlat test markazi direktori Majid Karimov AOKAda boʻlib oʻtayotgan brifingda.
DTM test sinovida qatnashadigan nazoratchilarni bodi-kameralar bilan taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiyaga taklif kiritadi