Ommaviy sport targʻibotini yana-da kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa bir nechta yosh toifalarida havaskorlar va professional sportchilar ishtirokida oʻtkazildi. Musobaqada atletlar yugurish va velopoyga boʻyicha kuch sinashdi. Ayni paytda ochiq havzada suzish ishtirokchilarning salomatligini biroz xavf ostida qoldirishi mumkinligi bois tashkilotchilar musobaqa dasturiga suzish bahslarini kiritmaslikka qaror qildi.

Gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ishtirok etdi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.