Holat boʻyicha Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov maʼlumot berdi.

Shu yilning 8-oktyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan, 1986-yilda tugʻilgan ayolning sogʻligʻi yomonlashib shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ayol shifoxonada, unga zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Aeroportda bir ayol vafot etganligi haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, — deyiladi xabarda.