Undan ko‘zlangan maqsad Amirliklarda istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimiz bilan o‘zaro aloqalarni yana-da mustahkamlash, hamkorlik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, ushbu mamlakatda O‘zbekistonning madaniy, ilmiy va maʼnaviy merosini, shuningdek, xalqimizning milliy tili, madaniyati va anʼanalarini keng targ‘ib qilish bilan izohlanadi.
Davra suhbati shaklida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida hayotga tadbiq etilayotgan yoshlarga oid siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuni taʼkidlash lozimki, vakolatxona o‘zbek tilini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish, uni o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik fuqarolarga ko‘maklashishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shu maqsadda Birlashgan Arab Amirliklarida vaqtinchalik va doimiy istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimiz hamda ularning farzandlari orasida o‘zbek milliy qadriyatlari, tili va urf-odatlarini keng targ‘ib qilish uchun Bosh konsulxona tomonidan faol vatandoshlar ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda “BILIMDON” onlayn guruhi taʼsis etildi.
Unda mazkur guruh ishtirokchilari uchun muntazam ravishda onlayn darslar hamda o‘quv tadbirlari uyushtiriladi. Tadbir chog‘ida mazkur onlayn guruhning axborot bazasi muntazam ravishda boyitib borilayotgani alohida qayd etildi.
Maʼrifiy tadbir yakunida uning ishtirokchilari bayram dasturxoniga taklif etildi.