Dubayda qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalar Toshkentga olib kelindi

    Ijtimoiy hayot 3 Iyun 2023 2267

    Ularning onasi Dubaydagi hibsxonada saqlanilayotgan boʻlgan.

    Oʻzbekistoning Dubaydagi Bosh konsulxonasi shu davlatda istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar, Amirlikdagi “Ayollar va bolalarga yordam koʻrsatish markazi” xayriya tashkiloti hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida 3 nafar qarovsiz qolgan voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi.

    Maʼlum qilinishicha, 2022-yilning aprel oyidan buyon Dubaydagi hibsxonada saqlanilayotgan Oʻzbekiston fuqorosi D.S. qarovsiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari Bosh konsulxona ishtirokida uy-joy, oziq-ovqat va boshqa kerakli narsalar bilan taʼminlab kelingan.

    Vakolatxona tomonidan BAA Tashqi ishlar vazirligi va maxalliy politsiya vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida D.S. va uning 3 nafar farzandlari oʻrtasida onalikni belgilash boʻyicha DNK tekshiruvlari qayd qilinib, natijada fuqaromiz uchala bolaning biologik onasi ekanligi aniqlandi.

    Shundan soʻng uning farzandlariga mahalliy idoralar tomonidan tugʻilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirilib, Oʻzbekistonga qaytish guvohnomasi asosida Dubay–Toshkent aviaqatnovi bilan Oʻzbekistonga qaytarilgan.