Qayd etilishicha, ushbu fuqaro bojxona xodimlari tomonidan tekshirilganda uning yonidan bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan taxminiy hisob-kitoblarga koʻra qiymati 253 mln 500 ming soʻmlik zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, zargarlik buyumlarining jami ogʻirligi 195 grammni tashkil qiladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona surishtiruvlari olib borilmoqda.