Dubaydan xushxabar: hamyurtimiz – Jahon chempioni!

    Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi.

    E’tiborlisi, erkaklar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Oxunjon Musurmonqulov 117 kg natija bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

    Ushbu vazn toifasida kumush va bronza medallari Yaponiya hamda Qirg‘iziston sportchilariga nasib etdi.

    Qayd etish lozimki, bu Oxunjonning jahon chempionatidagi debyuti hisoblanadi.