Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan 2024-yil yakuni va 2025-yil yanvar oyida oʻrganish oʻtkazganini va jamoatchilikka maʼlumot berganini eslatib oʻtdi. Shuningdek, D.J.ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh xulosa berib, uning usuli mutlaqo ilmiy asoslanmaganini, pedagogik talablarga zidligini hamda bolalar sogʻligʻi va tarbiyasiga jiddiy zarar yetkazishini tasdiqlagan.
Shundan soʻng Bolalar ombudsmani prokuratura organlariga soʻrov kiritgan va D.J.ga nisbatan jinoyat ishi yurituvi olib borilgan. Biroq maʼlum vaqtdan keyin D.J. oʻzining ilmiy asoslanmagan amaliyotini yana davom ettirayotgani aniqlangan. Shu sababli 2025-yil 2-iyun kuni Bolalar ombudsmani yana Bosh prokuraturaga tegishli soʻrov yubordi.
Xabarda aytilishicha, 2025-yil 25-iyun kuni Toshkent shahar Yunusobod tuman prokuraturasi avval chiqarilgan tugatish qarori bekor qilingan va ish hujjatlari Tergov boʻlimiga yuborilgan.
2025-yil 4-iyul kuni D.J.ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qayta qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani mazkur ish boʻyicha kuzatuvni davom ettirishini maʼlum qildi.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.








