Uning so'zlariga ko'ra, dunyo 2022 yil boshida koronavirus pandemiyasidan chiqadi, ammo xastalikning o'zi butunlay yo'q bo'lib ketmaydi, gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanadi. «Men optimistman, ishonamanki, kelgusi yil pandemiyadan chiqamiz. Ammo bir narsani unutmaslik kerak, koronavirus hech qaerga ketmaydi. U bilan yashashga to'g'ri kelishi mumkin», — deydi mutaxassis.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti vakilining qo'shimcha qilishicha, hozirda dunyoda koronavirusga qarshi vaktsina etarli bo'lib, ulardan nafaqat xavf ostida bo'lganlarni, balki boshqa barcha istovchilarni ham emlash mumkin. «O'zimizni xavfsiz his qilishimiz uchun aholining kamida 80–85 foizini emlash kerak», — xulosa qilgan Klyuge.
eslatib o'tamiz, 2019 yilning sentyabr` oyida JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi direktorligiga saylangan doktor Xans Klyuge 2020 yil 10 fevral` kuni o'zining ilk rasmiy xorijiy tashrifini byuroga a'zo bo'lgan 53 davlat orasida aynan O'zbekistondan boshlagan edi, deb xabar beradi Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.