Bunga texnologik innovatsiyalar va energiya samaradorlikni oshirish yoʻlidagi qatʼiy choralar sabab boʻlishi mumkin.
Aerogel issiqlikni mukammal saqlaydi. Bu neft va gaz sanoatida energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi va aviatsiya hamda avtomobil ishlab chiqarishda samaradorlikni oshiradi. Aerogel, shuningdek, shovqin izolyatsiyasini yaxshi taʼminlaydi va yuqori haroratga bardosh bera oladi.
Xabarda keltirilishicha, jahon aerogel bozorida hajmi boʻyicha Osiyo-Tinch okeani mintaqasi ikkinchi oʻrinni qayd etmoqda. Bu bozor, ayniqsa, yangi texnologiyalar faol joriy etilayotgan Xitoyda rivojlangan.
Sanoatlashtirishning jadal oʻsishi, urbanizatsiya va energiya tejovchi texnologiyalarga ehtiyoj ortib borayotgani mintaqada aerogellarga boʻlgan talabni kuchaytirmoqda.