Mazkur mamlakatda 15,5 million nafar odam koronavirusga qarshi emlangan, bu aholining 72,3 foizi degani.
Ikkinchi oʻrinni 71,7 foiz bilan Seyshel orollari egallab turibdi. Mazkur mamlakatda 100 ming nafar odam emlangan. Uchinchi oʻrinni esa Bahrayn band etgan. Ushbu davlatda 2,07 millionta emlash amalga oshirilgan boʻlib, bu aholining 69,7 foizini tashkil etadi.
Agentlikning qayd etishicha, BAA aholini vaksinatsiya qilish boʻyicha birinchi oʻrinda boʻlsa ham, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish koʻrsatkichi yuqori. Mart oyidan buyon har kuni infeksiyani yuqtirish bilan bogʻliq qariyb 2 mingta holat qayd etilmoqda.