баннер
18 Mar 2025
17:22

    Dunyo bo'yicha qurol savdosi sovuq urush tugaganidan beri rekord darajaga yetdi

    Jahon qurol savdosi tahlili markazi hisobotiga ko'ra, 2024-yilda jahon qurol savdosi hajmi sovuq urush tugaganidan beri rekord ko'rsatkichga yetib, 111,6 milliard dollarni tashkil qildi.

    Jahon qurol savdosi tahlili markazi barcha hisob-kitoblarni “joriy” AQSh dollarida, ya'ni tegishli yil narxlarida ma'lum bir shartnomani tuzish vaqtidagi dollar kursi bo'yicha amalga oshiradi.

    “2024-yilda oddiy qurollarning jahon eksporti/importi hajmi (BMT reestri tasnifi bo'yicha) Jahon qurol savdosi tahlili markazi ma'lumotlariga ko'ra, 111,615 milliard dollarni tashkil etdi, bu sovuq urush tugaganidan beri eng yuqori natijadir”, deyiladi hisobotda.

    Taqqoslash uchun: 2021-yilda jahon miqyosida qurol va harbiy texnika eksporti hajmi 82,942 milliard dollarni, 2022-yilda 106,185 milliard dollarni, 2023-yilda 96,889 milliard dollarni tashkil qilgan.

    Jahon qurol savdosi tahlili markazi ekspertlarining fikricha, global qurol eksporti/importining keskin o'sishi bir necha omillar, jumladan, Ukraina atrofidagi vaziyat bilan bog'liq, deb xabar beradi ria.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech