Global ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, 2022-yilda bolalar va o'smirlar o'rtasida semirish darajasi 1990-yilga nisbatan to'rt baravar yuqori. Semirib ketish darajasi ayollarda ikki baravar, erkaklarda esa qariyb uch barobar oshdi. Umuman olganda, 2022-yilda 159 million bola va o'smir va 879 million kattalar semirib ketgan.
Kam vazn nuqtai nazaridan, 1990 va 2022-yillar oralig'ida dunyo bo'ylab ushbu kasallikka chalingan bolalar va o'smirlar ulushi qizlar o'rtasida qariyb beshdan bir qismga va o'g'il bolalar orasida uchdan bir qismga kamaydi. Xuddi shu davrda butun dunyo bo'ylab kam vaznga ega bo'lgan kattalar ulushi yarmidan ko'proqqa kamaydi.
Semirib ketish va vaznning kamayib ketishi noto'g'ri ovqatlanish tufayli yuzaga keladi, u ko'p jihatdan odamlar salomatligiga zarar yetkazadi. Kattalar tana massasi indeksi kvadrat metr uchun 30 kilogrammdan ortiq yoki teng bo'lsa, semirib ketgan deb hisoblanadi va agar ularning tana massasi indeksi kvadrat metriga 18,5 kilogrammdan kam bo'lsa, kam vaznli deb tasniflanadi, deb xabar beradi lenta.ru.