“Tutilishning toʻliq bosqichi paytida “quyosh toji”ni oʻz koʻzingiz bilan koʻrishingiz mumkin boʻladi”, deyiladi xabarda. Aytilishicha, astronomik hodisaning toʻliq bosqichini Chili va Argentina shimolida yashovchi aholining bir qismi kuzata oladi. Shuningdek, Janubiy Amerika, Polineziya, Antarktida va Afrikadagi boshqa mamlakatlarda tutilish qisman koʻrinadi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oy Quyoshni Toshkent vaqti bilan soat 19:25 dan boshlab toʻsa boshlaydi. Quyosh tutilishining maksimal fazasi esa 21:00 da kuzatiladi. Oʻzbekistonliklar bu hodisani onlayn kuzata olishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Quyosh va Oy tutilishi har olti oyda, Quyosh, Oy va Yer bir qatorda turganda sodir boʻladi. Oy Quyosh va Yer orasida tursa, quyosh tutilishi, Quyosh va Oy orasida Yer tursa, oy tutilishi hodisasi kuzatiladi.
Avvalroq Yerga rekord darajada yaqin masofadan kichik uy hajmidagi asteroid uchib oʻtgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, amerikalik olim Yerning muzlatkich kattaligidagi asteroid bilan toʻqnashishi mumkinligini aytgan edi.








