Mamlakatni tark etish solig'i

Bu soliq Yaponiyada o'rnatilgan. Uni har bir kishi – xoh u mahalliy aholi bo'ladimi, xoh sayyoh, agar u mamlakatdan chiqib ketayotgan bo'lsa, to'laydi. Soliq boshqa davlatga samolyot yoki kemaga sotib olingan chipta to'loviga kiritilgan. Ushbu soliqni faqat ikki yoshgacha bo'lgan bolalar, mamlakatga bir kundan kamroq vaqt o'tkazgan sayohatchilar, shuningdek, elchilar va diplomatlar to'lamaydi.

 Ijtimoiy tarmoqlar va bloglar solig'i

2018 yilda Ugandadagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining har biri kuniga 0,05 dollar, blog uchun esa 1,2 dollar to'lashi lozim bo'lgan soliq joriy qilindi. Hukumat mahalliy aholining ijtimoiy tarmoqlardagi haddan tashqari ko'p mish-mishlar va noto'g'ri ma'lumotlar tarqatilishi bilan kurashish maqsadida ko'p kuch va mablag' talab qilingani sabab ushbu soliqni o'ylab topdi.

O'zgacha ismlar solig'i

Shvetsiyada farzandiga g'ayrioddiy ism qo'ymoqchi bo'lgan ota-ona soliq to'laydi. Soliq miqdori taxminan 880-890 AQSh dollarini tashkil qiladi. Muammo shundaki, taqiqlangan ismlarning to'liq ro'yxati mavjud emas va “noodatiy” ismni aniqlash mezonlari juda mujmal. Bola 5 yoshga to'lganda mahalliy soliq idorasi tomonidan tekshiriladi. Mabodo ism g'ayrioddiy deb topilsa, ota-onalar pul sarflashga majbur.

 Quyosh va soya solig'i

Mayorka, Ivisa va Menorka kurortlarida oftobda toblanmoqchi bo'lgan sayyohlar kuniga 1 evro to'lashi kerak. Mablag'lar kurortlar rekonstruktsiyasi va ta'minotiga sarflanadi.

Venetsiyada esa soya solig'i qadimdan ma'lum. Bu soliq ayvoni va peshtaxtalariga soya tushgan sotuv do'konlari egalari tomonidan muntazam to'lab kelinadi.

 Itlarga soliq

Dunyodagi ba'zi mamlakatlarda iti bor uy egalari soliq to'laydi.  Soliqni hisoblash usullari uning mavjudligidan ham qiziqroq: misol uchun Shvetsiyada to'lov miqdori itning balandligi bo'ynidagi yag'rinidan boshlab hisoblanadi. Norvegiyada esa dumini qo'shmasdan, itning uzunligi hisobga olinadi. Shu sababli bo'lsa kerak, Shvetsiyada taksa zotli itlar juda ko'p.

 Dam olish va o'yin-kulgi solig'i

Hindistondagi ko'ngilochar va sport tadbirlari chiptalari majburiy to'lovni o'z ichiga oladi. Dam olishni istaysizmi – marhamat davlat xazinasini to'ldiring. Ilgari soliq chipta narxining 110 foizigacha bo'lishi mumkin edi, ammo 2017-yildan boshlab u tartibga keltirildi. endi maksimal to'lov 28 foizdan oshmaydi.