Bunga diareya, quyi nafas yo'llari infeksiyalari, shuningdek, insult va yurak-qon tomir kasalliklaridan o'lim holatlarining kamaygani yordam berdi.

Janubi-Sharqiy Osiyo, Sharqiy Osiyo va Okeaniya 1990-yildan 2021-yilgacha o'rtacha umr ko'rish borasida eng katta o'sishiga (8,3 yil) erishdi. Janubiy Osiyo 1990-yildan 2021-yilgacha o'rtacha umr ko'rish (7,8 yil)  bo'yicha  mazkur mintaqalar orasida ikkinchi o'rinni egalladi, bu diareya kasalliklaridan o'limning keskin kamayishi bilan bog'liq.

Biroq, olimlar, COVID-19 pandemiyasining umr ko'rish davomiyligiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatganini aniqlashdi. Pandemiya Lotin Amerikasi, Karib havzasi va Afrikada Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarga eng ko'p zarar yetkazdi.

Mutaxassislar qandli diabet va buyrak kasalliklari kabi yuqumli bo'lmagan kasalliklar xavfi ortib borayotganini aniqlashdi. Yurak ishemik kasalligi, insult va saraton kabi kasalliklarga qarshi kurashishda notekis o'sish kuzatilmoqda. Yuqori daromadli mamlakatlar kam ta'minlangan mamlakatlardan farqli ravishda yuqumli bo'lmagan kasalliklarning ko'plab turlari tufayli kelib chiqadigan o'lim holatlarini kamaytirishga muvaffaq bo'lishdi, deb xabar beradi lenta.ru.