Tadqiqotchilar xalqaro “Argo” dasturining o'lchagichlaridan olingan ma'lumotlarni tahlil qilishdi va turli suv massalari tomonidan yutilgan issiqlik miqdorini tadqiq etishdi. Ular okeanning isishi butun dunyo bo'ylab, tropik hududlardan qutblargacha tarqalib, sirt qatlamlarini ham, chuqurliklarni ham qamrab olganini aniqlashdi.

Biroq issiqlik notekis taqsimlangani aniqlandi. So'nggi yigirma yil ichida Janubiy okeanda issiqlikni o'zida saqlash bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich qayd etildi.

Olimlarning ta'kidlashicha, kelgusi o'n yilliklarda okeanlar hisobiga issiqlikning qanday yutilishi masalasi noaniqligicha qolmoqda. Misol uchun, agar okeanlar issiqlikni kamroq qabul qilsa, bu kelajakdagi iqlim o'zgarishi masalasida jiddiy oqibatlarga olib keladi, deb xabar beradi lenta.ru.