Vaholanki, bunga qarshi kurashishning samarali vositasi mavjud. Shu sababli JSST oʻtgan yilning iyun oyida 5-11 yoshli bolalarni emlashga ruxsat berdi.

Sababi ushbu yosh guruhidagi bolalar oʻrtasida koronavirusga qarshi emlanish 90,7 foiz samaradorlik koʻrsatdi.

Bu imkoniyatdan birinchi boʻlib Xitoy foydalandi. Mamlakat rasmiylari iyul oyidayoq “Sinovac” va “Sinopharm” kompaniyalari vaksinalarini uch yoshdan oshgan bolalarda qoʻllashni maʼqulladi.

15-sentyabrdan esa Kubada ikki yoshli bolalar oʻrtasida emlash kampaniyasi boshlandi. Sal oʻtib, yaʼni 15-oktyabrdan bu safga Ekvador ham qoʻshildi. Bu yerda 5-11 yoshli bolalar ham “Pfizer”ning odatdagi dozasi uchdan bir qismini, olti oydan keyin esa ushbu vaksinaning ikkinchi komponentini, kattaroq yoshdagilar interval bilan ikki marta “Sinovac” dozasini olishga kirishdi.

Oʻtgan yilning noyabr oyidan AQSHda ham xuddi shu yoshdagilarni “Pfizer – BioNTech” vaksinasi bilan emlashga ruxsat berildi.

Qolaversa, Germaniya, Ispaniya, Gretsiya, Italiya, Portugaliya, Fransiya, Vengriya, Isroil, Braziliya, Avstraliya kabi qator davlatlarda ham kichik yoshli oʻgʻil-qizlarni emlash tadbirlari davom ettirilmoqda.

Buyuk Britaniya, Kanada, Belgiya, Estoniya, Saudiya Arabistoni hukumatlari ham shu yoshdagi bolalarni emlashga ruxsat bergan.

Kosta-Rika esa dunyoda 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun COVID-19ga qarshi majburiy emlashni joriy qilgan birinchi davlat boʻldi. Bu yerda vaksinatsiya jarayonlari 2022-yil mart oyidan boshlanadi. Yaponiya hukumati esa ushbu yoshdagi oʻgʻil-qizlarni emlashga fevral oyidan kirishmoqchi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.