Unda Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Dilshod Kenjayev, Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toyir, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov hamda adabiyotshunos olim, professor Qozoqboy Yoʻldoshev ishtirok etdi.

Tadbirda Chingiz Aytmatovning adabiy merosining dunyo adabiyotidagi oʻrni yuzasida fikrlar almashildi. Maktab oʻquvchilari tomonidan serqirra ijodkorning “Jer ona” asari asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Shu bilan birga “Manas” dostonidan parchalar oʻqib eshittirildi. Oʻquvchi-qizlar “Qirgʻizbiy” qirgʻiz xalq raqsini mahorat bilan ijro etdi.

Tadbir doirasida Chingiz Aytmatov byusti poyiga guldastalar qoʻyildi.