Buning uchun ular mahsulotlarni aralash mikrozarrachalar bilan boyitishning noyob texnologiyasidan foydalanishni taklif qilishyapti. Ish natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida eʼlon qilindi.

A vitamini yetishmovchiligi dunyoda koʻzi ojizlikni yuzaga keltiradigan asosiy omillardan sanaladi. Baʼzi hollarda u hatto oʻlimga ham olib kelishi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, dunyodagi maktabgacha yoshdagi bolalarning qariyb uchdan bir qismi, ayniqsa, Afrikaning Sahroi Kabirdan janubroqdagi qismi va Janubiy Osiyo mamlakatlarida yashovchilar uning tanqisligidan aziyat chekmoqda. A vitamini nafaqat koʻrish uchun, balki immunitet tizimining, shuningdek, yurak va oʻpkaning normal ishlashi uchun juda muhimdir. Biroq, bu harorat va ultrabinafsha nurlanishiga sezgir boʻlgan juda beqaror molekula.

Moddaning foydali xususiyatlarini uzoqroq saqlash uchun tadqiqotchilar inkapsulyatsiya texnologiyasidan foydalanishdi. Ular vitaminni AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) dori vositalari va ozuqaviy qoʻshimchalarda foydalanish uchun allaqachon tasdiqlangan BMC polimer qobigʻiga oʻrashdi.

A vitaminini polimer bilan aralashtirgandan soʻng, diametri 100 dan 200 mikrongacha boʻlgan zarralar hosil boʻldi. Samaradorlikni tekshirish jarayonida olimlar mazkur mikrozarrachalarni shoʻrvaga solinadigan taʼm qoʻshadigan boʻlakchalar va unga qoʻshishdi. Vitamin oʻzining biologik faol xususiyatlarini Selsiy shkalasi boʻyicha 40 darajada ham, 75 foiz namlikda ham saqlab qoldi. Shuningdek, u yorqin nur, yuqori harorat va qaynoq suv taʼsirida buzilishlarga ham chidamliligini isbotladi.

Tajribalar shuni koʻrsatdiki, nonda kapsulalangan A vitaminini isteʼmol qilgan koʻngillilarning qonidagi birikma darajasi vitaminni anʼanaviy shaklda qabul qilganlar bilan bir xil darajada boʻlib, u organizmda osongina ajralib chiqishini koʻrsatadi. Hozirda ikkita kompaniya oziq-ovqat sanoatida mazkur texnologiyadan foydalanish uchun litsenziya oldi.