Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti salomatlik uchun xavfli sanalgan RM-2,5 – mayda chang zarralarining ruxsat etilgan darajasini aniqlab beradi. Buday zarralar o‘pkaga chuqur kirib boradi va qonga ham yetib borishi mumkin. Tadqiqotchilar RM-2,5 ta’siri nafas olish yo‘li va yurak-qon tomir tizimi, shuningdek saraton xastaligi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.

Shveysariyaning IQAir – havo sifati texnologiyalari bo‘yicha yetakchi kompaniyasi 143 mamlakatdagi 9.446 shaharlarida bu borada tahlil o‘tkazdi. Natijalar “2025-yil dunyo bo‘yicha havo sifati haqida hisobot”dan joy oldi.

Unga ko‘ra atigi 13 ta mamlakat “ruxsat etilgan daraja”dagi hududlardan o‘rin oldi. Ulardan 3 tasi Yevropada joylashgan (Andorra, Estoniya va Islandiya). Shuningdek xavfsiz havodan nafas olayotganr ro‘xatidan Avstraliya, Barbados, Bermud orollari, Fransiyaning dengiz orti jamiyati (Polineziyasi), Grenada, Yangi Kaledoniya, Panama, Puerto-Rika, Reyunyu va AQSh Virjiniya orollari hududi joy olgan.

Shu tarzda tadqiq etilgan 143 mamlakatdan 130 tasi JSST talab etgan darajadagi hududga kirmadi. Havosi eng ifloslangan mamlakatlar beshligida Pokiston, Bangladesh, Tojikiston, Chad va Kongo qayd etildi, deb xabar berdi ru.euronews.com.