Dunyoda birinchi marta buyrak hujayralari tiklandi

    Dyuk tibbiyot maktabi, Singapur milliy yurak markazi (NHCS) olimlari hamda germaniyalik mutaxassislar dunyoda birinchi marta buyrak hujayralarini tiklash mumkinligini ko'rsatishdi.

    Tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida e'lon qilindi.

    Mualliflar o'z ishlarida jigar, o'pka, yurak, shuningdek, o'tkir va surunkali buyrak kasalliklarida chandiqlarni keltirib chiqaradigan interleykine-11 (IL-11) oqsiliga e'tibor qaratishdi. Olimlar bu oqsil buyraklar shikastlanganda molekulyar jarayonlar zanjirini qo'zg'atib, yallig'lanish, fibroz va organlar faoliyatining yo'qolishiga olib kelishini aniqladi.

    Biroq, bu jarayon IL-11 ga bog'laydigan antitanachani kiritish orqali bloklanganda, buyrak kanalchalari hujayralarining ko'payishi – proliferatsiya (to'qimalarining o'sishi)ga, shuningdek, yallig'lanishni bartaraf etilishiga olib keladi, ya'ni buyraklar sog'lom holatga qaytadi. Olimlarning fikricha, ularning kashfiyoti surunkali buyrak kasalliklarini davolashning mavjud usullarini qayta ko'rib chiqish zarurligini ta'minlaydi, deyiladi lenta.ru saytida.