“Nyu-York universiteti qoshidagi Langone tibbiyot markazining jarrohlar guruhi ish paytida yuqori voltli elektr toki urishidan jabrlangan 46 yoshli Arkanzas harbiy faxriysiga dunyodagi birinchi ko'z va yuzning qisman transplantatsiyasini amalga oshirdi”, deyiladi tibbiyot markazi xabarida.

Bemor tasodifan to'lqinli simga tegib ketganidan so'ng chap ko'zi, burni, lablari, old tishlari, chap yuzining bir qismi va iyagi jiddiy jarohat olgan. Qayd etilishicha, operatsiya taxminan 21 soat davom etgan va unda 140 dan ortiq jarroh, hamshira va boshqa tibbiyot xodimlari ishtirok etgan.

Bemor yangi ko'z bilan ko'ra oladimi yoki yo'qmi hozircha noma'lum, biroq transplantatsiya qilingan organ operatsiyadan keyin “sog'lom belgilar”ni ko'rsatdi. Mazkur ko'z transplantatsiyasi ko'rish qobiliyatini davolashda kelgusida yangi imkoniyatlar yaratadi, deb xabar beradi ria.ru.