1983-yili Motorola kompaniyasi dunyoda birinchi marta mobil telefonlarni sotuvga chiqargan. DynaTAC — Motorola, Inc. tomonidan 1983-yildan 1994-yilgacha ishlab chiqarilgan uyali telefonlar seriyasidir. Va u birinchi marta sotuvga chiqarilgan mobil telefon hisoblanadi.
Bu telefon 790 gramm ogʻirlikga va 25 santimetr uzunlikka ega boʻlgan. U 10 soat davomida toʻliq quvvatlangan, unda gaplashish davomiyligi yarim soatdan oshmagan. 1984-yilda bunday telefonlar $3995 dan sotilgan boʻlib, bu 2020-yilgi tijoriy narx $9952 ga teng boʻlgan.
Aynan Martin Kuper 1970-yillarda Motorola kompaniyasida ishlash davomida koʻchma uyali aloqa vositasini yaratgan. Va u uyali aloqa vositasining “otasi” hamda tarixda mobil telefondan qoʻngʻiroq qilgan birinchi inson hisoblanadi, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.









