Germaniyada necha yillardan buyon tamaki qoldiqlarini qayta ishlash boʼyicha loyiha amalga oshirilmoqda. U dunyoda eng koʼp tarqalgan chiqindi turlaridan biri hisoblanadi. Dunyoda har yili 4,5 trillionga yaqin tamaki qoldiqlari hosil boʼladi. Uning tarkibida atrof-muhitni zaharlaydigan zaharli moddalar bilan bir qatorda ifloslantiradigan plastik ham bor. Oʼz navbatida Germaniyada tamaki chiqindilarining atigi 20 foizi utilizatsiya qilinadi.
TobaCycle tashabbusi doirasida Kelьne, Dyusselьdorf, Shtutgarte va yana bir nechta olmon shaharlarida tamaki qoldiqlarini qabul qiluvchi shaxobchalar mavjud. Ularda yigʼilgan chiqindilar qayta ishlanib, chiqindilar uchun konteynerlar ishlab chiqiladi. Loyiha amalga oshirilgandan buyon 15 million tonna tamaki chiqindilari yigʼilib, ulardan yarmi qayta ishlashga yoʼnaltirilgan.