Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 39 million 965 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 113 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 7,966 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (7,494 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (5,200 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (1,399 milliondan ortiq), beshinchi oʻringa esa Argentina chiqdi (965 mingdan ortiq).