Dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichi 30 foizga kamaydi — JSST

    Mutaxassislar, koronavirusni toʻliq jilovlash uchun aholiga buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yer yuzida koronavirus bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat boʻyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi.

    Unga koʻra, joriy yil 13-mart – 9-aprel sanalari oraligʻida dunyoda qariyb 3 million kishiga koronavirus tashxisi qoʻyildi. Bemorlarning 23 ming nafardan ziyodi xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

    Tahlillarga koʻra, oʻtgan 28 kunda kasallanish koʻrsatkichi undan avvalgi toʻrt haftaga nisbatan 28 foiz, oʻlim holatlari esa 30 foizga kamaygan.

    Keskin pasayish dinamikasi asosan Afrika (-45 foiz), Gʻarbiy Tinch okeani mintaqalari (-39 foiz), Shimoliy va Janubiy Amerika (-33%) va Yevropa (-22 foiz) mamlakatlarida qayd etildi.

    Mutaxassislar, koronavirusni toʻliq jilovlash uchun aholiga buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda.