Mutaxassislarning taʼkidlashicha, koronavirus tufayli karantin cheklovlarining qayta joriy etilishi oqibatida odamlarning ishini yoʻqotishi darajasi keskin oshishi ehtimoli mavjud. Agar pandemiya bilan bogʻliq vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarsa, tabiiyki, bu koʻrsatkich ham pasayishi mumkin.

Xalqaro mehnat tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning ikkinchi choragida dunyo boʻylab 400 million kishi oʻz ish joyidan ayrilgan, bu avval taxmin qilinganidan 10,7 foizga koʻpdir.

Pandemiya tufayli Rossiyada 15 million kishi ishsiz qolgan.