1990-yildan buyon semirib ketganlar soni 4 baravarga, 226 milliondan 2022-yilda 1 038 millionga oshgan. Ulardan 504 millioni ayollar (o'sish 18,5 foiz), 374 millioni erkaklar (14 foizga o'sgan).
Muammo bolalar va o'smirlarga ham ta'sir qildi. Bu boradagi ko'rsatkich 1990-yilda 31 milliondan 2022-yilda 159 milliongacha, ya'ni besh baravarga oshgan. Tana vaznining haddan tashqari oshishi yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, shuningdek qandli diabet xavfining keskin oshiradi, deb xabar beradi techcult.ru.
Olimlarning fikricha, global semirish epidemiyasining asosiy sababi noto'g'ri ovqatlanishdir. Shu munosabat bilan JSST shakarli ichimliklarga soliq joriy etish, “nosog'lom” oziq-ovqat mahsulotlarini sotishni cheklash va sog'lom oziq-ovqat uchun subsidiyalarni oshirishni taklif qilmoqda. JSST semirishning oldini olish uchun bolalikdan muntazam ovqatlanish va jismoniy faoliyat bilan shug'ullanishni ham tavsiya etadi.