Unga ko'ra, u bir necha kun ichida 60 kilometrga siljigan.
“Ulkan A23a aysbergi quruqlikka tushib, yana Janubiy okean suvlarida suzmoqda. Iyun` oyining birinchi kunlarida okean oqimlari ta'sirida muzlik aysbergi A23a sharqqa 60 kilometr siljigan va hozirda aholi yashamaydigan Annenkov orolidan 74 kilometr uzoqlikda joylashgan”, deya xabar berdi intitut axborot xizmati RIA Novosti axborot agentligiga.
Aysberg 1986-yilda Antarktidadagi muz shelfidan ajralib chiqqan. U 30 yildan ko'proq vaqt davomida quruqlikda turgan, 2023-yilda esa suzishni boshlagan. 2023-yil oxirida A23a maydoni taxminan 4 ming kvadrat kilometr edi. 2025-yil iyun oyining boshiga kelib, uning maydoni 2,7 ming kvadrat kilometrgacha qisqardi, deyiladi Arktika va Antarktika tadqiqot instituti xabarida.