Uzunligi 365 metr va og'irligi 250 ming tonna bo'lgan ushbu kema insoniyat tarixidagi eng katta yo'lovchi kemasiga aylanadi.
Mazkur kema 5610 yo'lovchini sig'dira oladigan 20 ta palubaga ega. Bundan tashqari, ekipaj va texnik xodimlar soni 2350 kishidan iborat bo'ladi. Dam oluvchilarning hordiq chiqarishi uchun 10 ta gidromassajli basseyn va yettita oddiy basseyn mavjud. Palubalardan birida “Markaziy bog'” yaratilgan, u yerda bir necha ming gulli o'simliklar ekiladi, deb xabar beradi techcult.ru.