“Dunyoning eng keksa odami Joao Marino Netoni 113 yoshga to'lgani bilan tabriklayman. Bugun braziliyalik ushbu muhim voqeani oilasi tomonidan o'zi uchun uyushtirilgan katta ziyofat bilan nishonlamoqda”, deyiladi Ginnesning rekordlar kitobi saytida.
Ginnesning rekordlar kitobiga ko'ra, Neto 1912-yil 5-oktabrda Braziliyada tug'ilgan. Uning olti nafar farzandi hali hayot, rekordchi otaxonning 22 nevarasi, 15 nafar evarasi va 3 nafar chevarasi bor, deb xabar berdi tass.ru.








