Dunyodagi eng kichik ot Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

    Germaniyadagi Pumukkel laqabli ot dunyodagi eng kichik ot sifatida tan olindi. Kichik ayg'ir Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

    Pumukkelning bo'yi atigi 52,6 santimetr. Shunga qaramay, u Ginnesning rekordlar kitobiga ko'ra, kichik bo'lishiga qaramay u o'ziga bo'lgan ishonchni saqlab qolgan. Oldingi rekord Polshadagi Bombel laqabli poniga tegishli edi, uning bo'yi atigi 4 santimetrga (bo'yi 56,7 santimetr) balandroq edi.

    Pumukkelning egasi Karola Vaydemann bo'lib, u otni 2020-yil oktabr oyidan beri boqadi, deb xabar berdi rbc.ru.