Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi

    Venesuela fuqarosi, dunyodagi eng keksa erkak Xuan Visente Peres Mora vafot etdi.

    Bu haqda mamlakat Prezidenti Nikolas Maduro ma'lum qildi.

    El Nacional gazetasiga ko'ra, Peres Mora 114 yoshu 339 kunligida nafas olish tizimidagi asoratlar tufayli 115 yoshga to'lishidan biroz oldin vafot etdi.

    Peres Mora 1909-yil 27-mayda Venesuelaning El-Kobre shahrida tug'ilgan. U 11 nafar farzandning otasi. Gazetaning ta'kidlashicha, Peres Mora yaqingacha San-Xose-de-Bolivarda fermadagi uyda yashagan, deb xabar beradi tass.ru.