Uyni yasash uchun ikki nurli elektron skanerlash mikroskopi va fokuslangan ion nuridan foydalanildi.
Olimlar kesish, birlashtirish, payvandlash orqali millimetrning yuzdan bir qismiga teng majmuani ishlab chiqishdi. Nanouy elektron skanerlash mikroskopi yordamida suratga olindi. Bu uyga o'lchami bir necha mikrometr keladigan eng kichik amyoba sig'ishi mumkin.
Mazkur nanouy qurish tajribasi tibbiyotda foydalaniladigan kichik elektron qurilmalar, masalan nanoantennalar va hisoblagichlarni ishlab chiqarishda asqatishi mumkin, deyiladi techcult.ru saytida.









