Bu velosiped Kleine Johanna deb nomlanadi, ya'ni nemischada “Kichik Yoxanna” degan ma'noni anglatadi.
Bu ajoyib velosiped germaniyalik payvandchi, fabrikasi Sebastyan Boytler tomonidan yasalgan. 2023-yil mart oyida Germaniya rekordlar instituti (Ginnesning rekordlar kitobining mahalliy bir turi) uni dunyodagi eng og'ir velosiped deb tan oldi.
2011-yilda kasal bo'lib qolganidan so'ng mustaqil tarzda ixtirochilik ko'nikmalarini egallagan. Ixtirochining aytishicha, uning xasta ekani odatiy ish topishiga xalaqit bermoqda. Bekorchilik uning uchun emasligi sababli, u chiqindilar uyumidan narsalar yig'adi – asosan velosiped.
Boytlerning aytishicha, u orzusini metallar asosida amalga oshirmoqda. U o'z ijod mahsulini sotmaydi. Garajda saqlash joyi tugagach yoki unga yangi qismlar kerak bo'lganda, u eski loyihalarini ko'rib chiqadi va ularni qismlarga ajratadi. U ko'pgina mumtoz san'at asarlariga qaraganda qisqaroq muddat foydalanishga mo'ljallangan funksional san'at namunalarini yaratadi.
Kleine Johannani yasash borasidagi ishlar 2020-yilda boshlangan hamda 2022-yilda yakuniga yetkazilgan. Velosiped tepalikdan tushganda maksimal tezligi 18 km/soatga yetishi mumkin, deyiladi mail.ru saytida.