Unda ishtirokchilar Maxtumquli koʻchasidan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻigacha boʻlgan 11, 5 km masofani velosipedda bosib oʻtadi.
Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Maxtumquli koʻchasi Botkin koʻchasi bilan kesishmasidan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻigacha boʻlgan oraliqda soat 07:00dan soat 09:00gacha yopiladi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
«Velo-aksiyada ishtirok etishni xohlovchilardan 22-sentyabr kuni soat 06:30 ga qadar Yashnobod tumanidagi Navroʻz xiyoboniga yigʻilishlarini soʻraymiz.
Haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz», deyiladi xabarda.