Sibir muzliklaridan topilgan mamont tishlari olimlarni hayratga soldi. Dunyodagi eng qadimgi DNK deya eʼtirof etilmoqda.
Mazkur ilmiy tadqiqot dunyoning eng nufuzli ilmiy jurnallaridan biri “Nature”da eʼlon qilindi.
Shimoliy Amerika jonzotlari sifatida tanilgan mamontlar ajdodi deb taxmin qilingan bu turga mansub DNK muzlagan tuproq tufayli tirik qolgani aytilmoqda. Hozirgacha 560 000 dan 780 000 yoshgacha boʻlgan DNK eng qadimgi topilma sifatida qabul qilingan.
Olimlar, shuningdek, tadqiqotlarda topilgan tishlarning ikki xil mamontga oidligini aytmoqda. Avvalroq bu hududda faqat bir turdagi mamont yashaganligi maʼlum edi.
Mutaxassislar fikriga koʻra, rekord hali yangilanadi. Ular yangi kashfiyotlar bilan 2,5 million yil avvalgi oʻtmishga qaytishdan umidvor.