AQSHning “Apple” korporatsiyasi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brendga aylandi.
Reytingga ko'ra, “Apple” brendining umumiy kapitallashuvi 2023-yilda 7 foizga kamayib, 880 milliard dollarni tashkil etdi. Korporatsiya qiymati 947 milliard dollardan 67 milliard dollarga kamaydi. Ammo “Apple” kapitallashuvi ko'rsatkichlari pasaygan yagona kompaniya emas.
Dunyodagi yuzlab eng qimmat brendlarning umumiy qiymati yillik hisobda birdaniga 20 foizga, ya'ni 6,9 trillion dollargacha kamaygan.
Reytingda ikkinchi o'rinni yana bir AQSH kompaniyasi – “Google” qo'lga kiritdi. Yil davomida brend kapitallashuvi “Apple”nikidan ham ko'proq – 30 foizga kamayib, 577,7 milliard dollarni tashkil qildi. Uchinchi o'rinni AQSHning “Microsoft” transmilliy kompaniyasi egalladi. Texnologik gigantning kapitallashuvi 18 foizga pasayib, 501,9 milliard dollarni tashkil qildi, deb xabar beradi gazeta.ru.