Dunyodagi eng toza mamlakatlar o'ntaligi

    Tozalik – salomatlik garovi

    Dunyoning ayrim mamlakatlarida hatto muzqaymoq oʻrami yoki qogʻozni belgilanmagan joyga tashlab yuborgan odamlarga jarima solinadigan tizim joriy qilinganki, buning natijasida chiqindi muammosi hal etilgan. zarnews.uz sayti sayyoramizda tozalik darajasi boʻyicha boshqalarga qaraganda toza va odamlarga xush keladigan davlatlar oʻntaligini keltirib oʻtgan.

    10. Norvegiya

    Ushbu mamlakat butun dunyoga oʻzining qudratli iqtisodiy tizimi bilan tanilgan. Atrof-muhitga bunday hurmatli munosabat va chiqindilarga qarshi kurashning sababi odamlarning doʻstona birdamligida. Olimlar hatto ushbu tozalik sabablaridan birini sovuq iqlimga yoʻymoqda: agar qishda chiqindi qorga tashlanib, bahorda qor eriy boshlanganda ham u buzilmaydi, negaki suv bilan birga butun shahar boʻylab tarqalishiga yoʻl qoʻymasdan boshqa fuqarolar tomonidan darhol yigʻib olinadi.

    9. Shvetsiya

    Shvetsiyaning toza ekologiyasi Norvegiyadagi kabi oʻzaro bogʻliqliklardan kelib chiqadi, yana bir usul – ishlab chiqarishning salbiy oqibatlariga qarshi kurash boʻyicha (konlar, fabrikalar) kiritilgan ulkan sarmoyalar. Bu yerda korxona rahbarlari tozalovchi filtlar, yangi tozalovchi uskunalar va hokazolarni sotib olish uchun katta mablagʻ sarflashga majburdirlar.

    8. Avstriya

    Avstriya dunyodagi nafaqat eng toza davlat, balki uzoq va sogʻlom hayot kechirish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi. Olimlarning taʼkidlashicha, bu davlat juda tinch va jinoyatchilik minimal darajada tushirilgan. Atrof-muhit tozaligining asosiy sababi yirik korxonalarning yoʻqligi va davlat hududini togʻlar va oʻrmonlar oʻrab olganligidadir.

    7. Ispaniya

    Ispaniya – dunyodagi yana bir toza mamlakat. Ispaniyada har kim oʻzi uchun xotirjam muhitni topadi. Ushbu davlat eng rivojlangan va hayotning har bir sohasida katta taraqqiyotga ega tizim hisoblanganligi sababli poklikni saqlashga majbur. Shuningdek, tozalik sayyohlar tashrifining kafolati boʻlib, ularga ziyorat qilish uchun zamin yaratadi.

    6. Germaniya

    Germaniya birinchi oʻrinni egallashi mumkin, chunki bu qatʼiy ekologik qoidalarga ega mamlakat. Dunyodagi eng rivojlangan davlatlaridan biri Germaniyada aholi uchun barcha qulayliklar mavjud qilingan boʻlsa-da, yirik sanoat korxonalari va yoʻllardagi avtomobillarning koʻpligi atrof-muhitga oʻz taʼsirini oʻtkazishi sezilib turadi.
    Shunga qaramay, har yili koʻp sonli odamlar Germaniyaga sayyoh sifatida nemislarning turmush tarzidan bahramand boʻlish va bir necha kunni tinch muhitda oʻtkazish uchun bu yerga kelishadi.

    5. Chexiya

    Bu haqiqatan ham koʻzni quvontiradigan darajadagi toza mamlakat. Bu haqda nafaqat mahalliy aholi, balki mehmonlar ham oʻz munosabatini bildiradi. Tinch hayot tarzi va mentalitet chexlarning oʻz shaharlari koʻchalaridagi tozalikni saqlash kafolatidir.

    4. Singapur

    Singapur nafaqat chiroyli osmonoʻpar binolari, diqqatga sazovor joylari, balki butun mamlakat boʻylab toza havo va koʻchalari tufayli sayyohlar uchun jannat makonidir. Eʼtiborli tomoni, texnologik taraqqiyotda Singapur Germaniyadan qolishmaydi va bu Osiyo mamlakatida atrof-muhitning ifloslanish darajasi ancha past.

    3. Avstraliya

    Avstraliya dunyodagi eng yaxshi iqlim sharoitiga ega boʻlgan yashil qitʼa. Taʼkidlash joizki, Avstraliya dunyoning eng boy mamlakatlari reytingida ancha yuqori pogʻonalarni egallaydi va bundan xulosa qilish mumkinki, hukumat atrof-muhitni yaxshi holatda saqlash uchun mablagʻ ayamaslini aniq.

    2. Lyuksemburg

    Mitti Lyuksemburg oʻrmonlar bilan oʻralgan juda foydali geografik oʻrinda joylashgan. Ushbu davlatdagi aholi boshqa mamlakatlar shaharlariga qaraganda juda kam. Shu sababli boʻlsa kerak, u yerda hech kim chiqindi tashlamaydi. Sayyohlar shuningdek, Lyuksemburgdagi suv omborlari va havoning qanchalik toza ekanligini eʼtirof etib kelmoqda.

    1. Shveysariya

    Shubhasiz, yetakchi va dunyodagi eng toza mamlakat bu – Shveysariya. Buni mamlakatga har yili atmosferasi va ekologiyasi tozaligidan bahramand boʻlish uchun eng koʻp sayyoh tashrif buyurishi tasdiqlaydi. Ajablanarlisi, toza muhit sogʻlom va tinch hayotni taʼminlaydi va bu shveysariyaliklarning oʻrtacha umr koʻrishlari davomiyligi bilan tasdiqlanadi.