Tadqiqotchilarning fikricha, qurilma transfer tatuirovkasiga o'xshaydi, qalinligi esa sochning kichik tolasidan oshmaydi.
Yangi qurilma zamonaviy yurak stimulyatori va implantatsiya qilingan defibrillyatorlardan farqli ravishda yurakka sust biriktiriladi (chunki mazkur a'zo yumshoq va egri shaklga ega, an'anaviy qurilmalar esa qattiq bo'ladi) o'zining egiluvchanligi va yumshoqligi tufayli yurak bilan oson bog'lanadi. Bundan tashqari, implant yurak urishining harakatlariga bardosh bera oladigan darajada moslashuvchan va kuchli.
Sichqonlar ustida o'tkazilgan tajribalar davomida tadqiqotchilar yurakning tabiiy urishini o'zgartirmagan holda yurakning tartibsiz ritmlarini (aritmiya) muvaffaqiyatli tarzda aniqlab, nazorat qila oladigan qurilmani implantatsiya qilishdi. Shu bilan birga, qurilma butunlay shaffof bo'lib, bu shifokorlarga qurilma yordamida yurak holatini yozib olish va stimulyatsiya qilish uchun tashqi yorug'lik manbasidan erkin foydalanish imkonini beradi.
Sinovlar shuni ko'rsatdiki, qurilma 60 kun davomida tana haroratida urib turgan yurakda o'z vazifasini samarali bajargan, bu vaqtinchalik qo'yiladigan kardiostimulyator ishining davomiyligiga teng, deyiladi lenta.ru saytida.