Ushbu ixtiro chayon zahrini jonivorni nobud qilmasdan olish imkonini beradi.
Soʻnggi yillarda saraton kasalligi bilan ogʻrish holatlari ortib borayotgan bir paytda, chayon zahri tibbiyotda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy manbalarda zahar tarkibidagi xlorotoksin moddasi rak hujayralari oʻsishini sekinlashtirishda, neyrotoksinlar esa asab kasalliklarini davolashda qoʻllanishi mumkinligi qayd etilgan.
Shuningdek, chayonlar tabiatda ekologik muvozanatni saqlashda ham muhim rol oʻynaydi.
Ilgari zahar olish jarayonidan soʻng chayonlar odatda nobud boʻlar edi. Feruzaning qurilmasi esa elektrostimulyatsiya usuli asosida ishlaydi va bir chayondan bir necha marta zahar olish imkonini beradi. Bu ixtiro biomodda tanqisligini kamaytirishga va farmatsevtika sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Maʼlumotlarga koʻra, chayon zahrining narxi xorijda 12 ming dollargacha, Oʻzbekistonda esa oʻrtacha 5 ming dollar atrofida baholanadi.