Yer orbitasida joylashtirilishi koʻzda tutilgan majmuani qurish ishlarini 2025-yilda boshlash hamda uni 2027-yilda yakuniga yetkazish moʻljallanmoqda.

Mehmonxona kapsulalardan tarkib topgan gʻildirak shaklida boʻlishi kutilmoqda.

Unda restoranlar, kinoteatrlar, spa-salonlar, trenajyor zallari hamda sayyohlar uchun xonalar oʻrin olishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, kompaniya stansiyada fazogirlar vatinchalik yashashi uchun hamda suv va havo zaxirasini saqlashga moʻljallangan maxsus kapsulalar tashkil etishni ham rejalashtirgan. Loyiha har biri 20 x 15 metrli jami 24 turar-joy modullaridan iborat boʻladi.

Kompaniya qurilish uchun ketadigan mablagʻ hamda mehmonxonaning bir kunlik toʻlovini maʼlum qilmayapti. Lekin Falcon 9 raketasi tufayli uning qurish xarajatlari sezilarli kamayishi maʼlum qilindi. Falcon 9 chiqquniga qadar bir kilogramm vazndagi buyumning fazoga olib chiqish 8 ming dollar xarajatni talab qilardi. Hozirgi kunda bu koʻrsatkich 2 ming dollargacha tushdi.