Ular odamlarga yangi dunyoni ochish uchun «orzular darvozasi» vazifasini o‘taydi. Aeroportlarning ko‘pchiligi taniqli va tarixda katta iz qoldirgan insonlar nomi bilan ataladi.
Masalan, Liverpul xalqaro aeroporti – Britaniyalik taniqli rok yulduzi, kompozitor Jon Lennon sharafiga nomlangan.
Hindistondagi Dehli xalqaro aeroporti – Hindistonning yagona ayol Bosh vaziri Indira Gandi nomiga qo‘yilgan.
Zalsburg xalqaro aeroporti – Avstriyaning ikkinchi eng katta aeroporti bo‘lib, u mashhur kompozitor va musiqa arbobi Motsart nomi bilan ataladi.
Italiyadagi eng mashhur aeroportlardan biri hisoblanadigan Rim-Filmincho xalqaro aeroporti esa buyuk rassom va olim Leonardo da Vinchi nomi ostida faoliyat yuritadi. Italiyaning tarixiy shaharlaridan biri, suv bo‘yida jaylashgani bilan mashhur Venetsiya xalqaro aeroporti tarixchi sayyoh Marko Polo sharafiga nomlangan.
Bulardan tashqari, dunyoda yana ko‘plab aeroportlar taniqli insonlarning nomi bilan bog‘liq.