Dunyoga mashhur nashrlar vakillari Navoiyda

    Jarayon Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson bilan hamkorlikda amalga oshirildi

    Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan joriy yilning 17-18-may kunlari 14 nafar xalqaro ommaviy axborot vositlari vakillarinining Navoiy viloyatiga tashrifi tashkil qilindi. Jarayon Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

    Bundan koʻzlangan maqsad yurtimizning milliy madaniyati va turizm salohiyatini Kanada, Singapur, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Isroil, Malayziya, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Qatar davlatlarida keng targʻib etish hamda ushbu davlatlardan Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishdan iboratdir.

    Shuningdek, xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat delegatsiya Nurota tumani Chashma majmuasida, Aydarkol sohillari hamda oʻtovl lagerlarda boʻlib, ajoyib taassurotlarga ega boʻlishdi.