Hozirda kompaniya Starlink kosmik kemalari oʻrtasida sunʼiy yoʻldoshlararo ulanishni sinovdan oʻtkazmoqda, natijada lazer aloqasi yordamida bir juft sunʼiy yoʻldosh oʻrtasida 100 gegabayt maʼlumot uzatildi. SpaceXʻning bildirishicha, ushbu texnologiyadan toʻliq foydalanish Starlinkʻni “dunyo boʻylab maʼlumotlarni uzatishning eng tezkor variantlaridan biri”ga aylantiradi.
Hozirgi kunda orbitadagi Starlink qurilmalari soni 710 dan oshdi. Ularning soni 1500 ga yetgach, SpaceX ulardan foydalanishni boshlashni rejalashtirmoqda. Hammasi boʻlib 42 mingga yaqin sunʼiy yoʻldoshni uchirish moʻljallangan.
Shu maqsadda Ilon Mask Markaziy Osiyo stansiyasini Qizilqum sahrosida barpo etishni rejalashtirdi.