Mark TSukerberg eng ko'p – 31, 4 milliard daromad oldi. Nashrning ma'lumot berishicha, top-25 talikdagi milliarderlar 23 martdan 22 maygacha 255 milliard dollar mablag' ishlab topdi.

Dunyo bo'yicha o'rnatilgan karantin davrida Facebook asoschisi Mark TSukerbergning umumiy boyligi 86,5 milliard dolalarga etdi.

 Nashr ma'lumotiga ko'ra,  Facebook aktsiyalari 22 may kuni rekord darajaga o'sgan.

SHunday qilib,  u eng boy odamlar ro'yxatida 7 o'rindan 4 o'ringa ko'tarilib oldi.

Amazon asoschisi Jeff Bezos biroz kamroq – 29,9 milliard dollar daromad olgan, hozir uning boyligi 146, 9 milliard dollarga teng.

Uchinchi o'rinda “Reliance Industries Limited” Mukesh Ambani turibdi. U mart oyidan beri o'z boyligini 20 milliard dollarga oshirib oldi.