Shveysariyalik tadqiqotchi Rafayel Domyan tomonidan asos solinib, PlanetSolar loyihasi sifatida tanilgan Turanor (quyosh qudrati maʼnosini anglatadi.) PlanetSolar kemasi 2010-yilning 31-martida suvga tushirilgan dunyodagi eng katta quyosh energiyasi bilan harakatlanuvchi kema.

Kema 31 metr uzunlikda boʻlib, 93 kVt quvvatga ega 537 m2 quyosh panellari bilan qoplangan.

Hozirda undan Rase for Water loyihasining elchisi sifatida foydalanilmoqda.

Kema Shveysariyada roʻyxatga olingan va nemis tadbirkori Immo Stroher tomonidan moliyalashtirilgan hamda Yangi Zelandiya dengiz kuchlari meʼmori Kreyg Lumes tomonidan loyihalashtirilgan.

Kemaning qiymati 15 million yevroni tashkil etadi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati maʼlumot bermoqda.